Facebook ijtimoiy tarmog‘i Windows uchun o‘zining messenjerini chiqardi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i Windows uchun o‘zining messenjerini chiqardi

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq – Facebook sayti foydalanuvchilari uchun yana bir xushxabar – kompaniya Windows operatsion tizimi uchun o‘z servisining messenjerini ishlab chiqdi. Bu haqda “The Verge” texnoblogi xabar qilgan.

Ushbu dastur yordamida foydalanuvchilar Facebook saytiga kirmay turib ham o‘z do‘stlari bilan lahzali muloqoqt qilishlari mumkin. Bundan tashqari, uning yordamida “tiker”ni (ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlaringizga oid xabarlar lentasi) ko‘rish hamda bildirishnomalardan xabardor bo‘lish mumkin. Messenjer dasturini mana bu yerdan ko‘chirib olishingiz mumkin, dastur haqidagi to‘liq ma’lumotni esa Facebook saytining “Yordam” sahifasidan topasiz. Ma’lum bo‘lishicha, messenjer dasturi faqatgina Windows 7 operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlardagina ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Facebook ijtimoiy tarmoq servisi iOS, Android va BlackBerry kabi mobil operatsion tizimlarda ishlaydigan o‘zining mobil messenjerini chiqqan edi.

Manba: infoman.uz

Add comment


Security code
Refresh

So'rovnoma

Saytimizda sizga qaysi bo'lim yoqadi?



Social Bookmarking

FacebookFriendfeedGoogle BookmarksGoogle BuzzTwitter

www.musad.uz | www.xattot.uz | www.psd.uz