“Mail.Ru” portali bugun 13 yoshga to‘ldi
18.10.2011 17:25
“Mail.Ru” portali bugun 13 yoshga to‘ldi
Bugun “Mail.Ru” portali 13 yoshga to‘ldi. Bundan roppa-rosa 13 yil avval, ya’ni 1998-yil 15-oktabr kuni sayt o‘z faoliyatini boshlagan edi. Ko‘pchilikka ma’lumki, endi u oddiy portal emas, balki “Mail.Ru Group” degan kata kompaniyaga ham aylanishga ulgurdi. Uning tarkibiga “Mail.Ru” kommunikatsion portalidan tashqari “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoq sayti, “ICQ” va “HeadHunter” kabi servislar ham kiradi. So‘nggi vaqtlarda portalda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, saytning yangi dizayni ishga tushdi, interfeysni o‘zgartirish funksiyasi paydo bo‘ldi, yangi antispam-tizim ishlab chiqildi hamda joriy etildi, “Microsoft Office” hujjatlari bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Yaqinda Runetning ikkita eng yirik messenjerlari – “Mail.Ru Agent” va “ICQ” bitta platformaga birlashdi. Mac OS, Android va iOS operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan “Mail.Ru Agent” dasturi ishlab chiqildi.
Kompaniya hozirda 40 dan ortiq media-loyihalarni ishga tushirgan. Portalning umumiy auditoriyasi oyiga 75,6 million kishini tashkil qiladi.

Manba: infoman.uz
So'nggi yangiliklar
- 11 - дарс (3-қисм). OOP асослари - Ворислик
- SQL Server 2012 даги дастурчилар учун янги имкониятлар
- C# да делегатлардан фойдаланиш
- Япон мухандислари копток ўйнатувчи робот ясашди
- Google корхонасининг "дата центр"ларида маълумот хавфсизлиги даражаси
- 43-боб. Аёвсиз тест қилиш (The Pragmatic Programmer китобидан таржима)
- 11 - дарс (2-қисм). OOP асослари - Абстракция ва инкапсуляция
- 11 - дарс. OOP асослари (1-қисм)
Hozirda saytimizda
Хозир 6 меҳмонлар онлайн