Uzoq kutilgan premyera: iPhone 5 yoki iPhone 4S
Uzoq kutilgan premyera: iPhone 5 yoki iPhone 4S
Bugun “Apple” kompaniyasi o‘zining Kaliforniya shtatidagi bosh qarorgohida “iPhone” smartfoning yangi avlodining taqdimotini o‘tkazadi. Yangi smartfonning taqdimotini har safargidek Stiv Jobs ema, balki kompaniyaning yaqinda saylangan bosh ijrochi direktori Tim Kuk o‘tkazadi. So‘nggi ikki hafta davomida yangi “iPhone” smartfoni haqida minglab mish-mishlar tarqalishga ulgurdi. Katta ehtimollik bilan ushbu smartfon “iPhone 5” yoki “iPhone 4S” deb nomlanishi kutilmoqda. Hammasiga bir soatdan so‘ng aniqlik kiritiladi.
“Apple” kompaniyasi joriy yilning yanvar oyidan beri 40 million dona “iPhone 4” smartfonini sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu natija kompaniya uchun juda kata sanaaldi va u buning oqibatida ilk marta kapitallashuv darajasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylandi (shu paytgacha AQShning “ExxonMobil” neft-gaz korporatsiyasi ushbu o‘rinni egallab kelayotgan edi).
Eslatib o‘tamiz, “Apple” ilk marta 2007-yilning yanvar oyida o‘zining “iPhone” smartfonini namoyish qilgan edi. Ushbu smartfon o‘z yo‘nalishida inqilob qila oldi va bu kompaniyaga juda kata muvaffaqiyat keltirdi.
2008-yilning iyul oyida “Apple” o‘z smartfoning yangi avlodi – “iPhone 3G” modelini sotuvga chiqardi. Oradan bir yil o‘tib esa, uning takomilllashtirilgan versiyasi – “iPhone 3GS” chiqarildi. 2010-yil iyun oyida “Apple” yana bir yirik yangilik – tashqi ko‘rinishi butunlay yangilangan “iPhone 4” smartfonini namoyish qildi.
Manba: infoman.uz
So'nggi yangiliklar
- 11 - дарс (3-қисм). OOP асослари - Ворислик
- SQL Server 2012 даги дастурчилар учун янги имкониятлар
- C# да делегатлардан фойдаланиш
- Япон мухандислари копток ўйнатувчи робот ясашди
- Google корхонасининг "дата центр"ларида маълумот хавфсизлиги даражаси
- 43-боб. Аёвсиз тест қилиш (The Pragmatic Programmer китобидан таржима)
- 11 - дарс (2-қисм). OOP асослари - Абстракция ва инкапсуляция
- 11 - дарс. OOP асослари (1-қисм)