Apple kompaniyasi 4-oktabr kuni iPhone 5 taqdimotini o‘tkazadi
Apple kompaniyasi 4-oktabr kuni iPhone 5 taqdimotini o‘tkazadi
Apple kompaniyasi 4-oktabr kuni o‘zining yangi iPhone 5 smartfoni taqdimotini o‘tkazadi. Bu safargi taqdimot “Let’s Talk iPhone” shiori ostida o‘tkaziladi. Bundan sal avvalroq, “All Thins Digital” texnoblogi ham bu haqda xabar bergan edi. Biroq, o‘shanda bu xabarni Apple kompaniyasining o‘zi rasman tasdiqlamagan edi.
Taqdimot Apple kompaniyasining Kaliforniya shtati, Kupertino shahridagi bosh ofisida o‘tkaziladi. Odatda, kompaniya o‘zining bunday taqdimotlarini San-Fransisko shahridagi “Yerba Bluena Center” binosida o‘tkazar edi.
Taxminlarga ko‘ra, yangi smartfonni kompaniyaning yangi bosh ijrochi direktori Tim Kuk namoyish qiladi. Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasining ilk iPhone smartfoni 2007-yilda namoyish qilingan edi. Eng oxirgi model 2010-yil yozida sotuvga chiqarilgan iPhone 4 smartfoni bo‘ldi.
Manba: infoman.uz
So'nggi yangiliklar
- 11 - дарс (3-қисм). OOP асослари - Ворислик
- SQL Server 2012 даги дастурчилар учун янги имкониятлар
- C# да делегатлардан фойдаланиш
- Япон мухандислари копток ўйнатувчи робот ясашди
- Google корхонасининг "дата центр"ларида маълумот хавфсизлиги даражаси
- 43-боб. Аёвсиз тест қилиш (The Pragmatic Programmer китобидан таржима)
- 11 - дарс (2-қисм). OOP асослари - Абстракция ва инкапсуляция
- 11 - дарс. OOP асослари (1-қисм)