IBM: 30 yil avval boshlangan shaxsiy kompyuterlar davri tugab bormoqda
18.08.2011 09:45
IBM: 30 yil avval boshlangan shaxsiy kompyuterlar davri tugab bormoqda
IBM korporatsiyasining yetakchi muhandislaridan biri Mark Din so‘zlariga ko‘ra, shaxsiy kompyuterlar ham yozuv mashinkasi va plastinkalarning taqdirini boshidan o‘tkazadi hamda ularning o‘rnini smartfonlar va planshet kompyuterlar egallaydi. Shaxsiy kompyuterlarning ilk ommaviy savdoga chiqarilishi bundan roppa-rosa 30 yil avval, 1981-yil 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda “IBM PC 5150” kompyuteri sotuvga chiqarilgan.
Mark Din ilk shaxsiy kompyuterni yaratishda asosiy rollardan birini o‘ynagan. U IBM PC/AT, ISA tizimli shinasi, PS/2 modulining 70 va 80 modellarini hamda rangli grafik adapterlarni ishlab chiquvchi muhandislar guruhiga rahbarlik qilgan. Hozirda u IBM kompaniyasining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha texnik direktori vazifasida mehnat qilmoqda.
Planshet kompyuterlarning ommalashuvi 2010-yilda Apple tomonidan iPad planshetining ishlab chiqarganidan boshlanganligiga qaramasdan, IBM 1992-yilda “ThinkPad 700T” deb nomlangan ilk planshet kompyuterlardan birini ishlab chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, IBM 2005-yilda o‘zining kompyuter bo‘linmasini Xitoyning Lenovo kompaniyasiga sotib, shaxsiy kompyuter biznesini tark etgan.
Manba: http://infoman.uz
So'nggi yangiliklar
- 11 - дарс (3-қисм). OOP асослари - Ворислик
- SQL Server 2012 даги дастурчилар учун янги имкониятлар
- C# да делегатлардан фойдаланиш
- Япон мухандислари копток ўйнатувчи робот ясашди
- Google корхонасининг "дата центр"ларида маълумот хавфсизлиги даражаси
- 43-боб. Аёвсиз тест қилиш (The Pragmatic Programmer китобидан таржима)
- 11 - дарс (2-қисм). OOP асослари - Абстракция ва инкапсуляция
- 11 - дарс. OOP асослари (1-қисм)